Jahon | 07:42 / 08.09.2017
7821
1 daqiqa o‘qiladi
Meksika Shimoliy Koreya elchisini persona non grata deb e'lon qildi
Meksika tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya elchisi Kim Xyon Kini persona non grata deb e'lon qildi va unga mamlakatni 72 soat ichida tark etishni buyurdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Meksika tashqi ishlar vazirligining bunday qaroriga Shimoliy Koreyaning yaqindagi yadroviy sinovlari sabab bo‘lgan. Vazirlik bayonotida bu chora Shimoliy Koreyaning xalqaro huquq me'yorlarini buzuvchi hamda Osiyo va butun dunyo uchun xavf soluvchi yadroviy sinovlarini mutlaq qabul qilmaslikni namoyon qilish deb aytilgan.
Mart oyida Malayziya Shimoliy Koreya elchisi Kan Chxolni persona non grata deb e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 18.10.2024
KXDR Ukrainadagi urushga 12 ming harbiysini yubormoqchi - Janubiy Koreya razvedkasi
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
19:27 / 17.10.2024
Shimoliy koreyalik hakerlar yadroviy dastur uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irlagan - Microsoft
10:10 / 17.10.2024