Tramp davlat qarzining eng yuqori chegarasidan voz kechishni taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh davlat qarzining eng yuqori chegarasidan voz kechishni taklif qildi.
“Ancha yildan beri qarzning yuqori chegarasidan voz kechish kerakligini aytib kelaman va bunga ko‘plab sabablar bor. Shuning uchun bu muhokama qilinadi. Biz buni kongress yetakchilari bilan uchrashuvda muhokama qildik. Bu qarz vaziyatni murakkablashtiradi, u aslida majburiy emas”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.
Avvalroq Tramp davlat qarzining yuqori chegarasini navbatdagi marta oshirish haqida muxolifatchi demokratlar bilan keliishishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bu esa bir qator respublikachilarning noroziligini keltirib chiqargan.
Ayni vaqtda AQSh davlat qarzi 19,8 trln dollardan ko‘proqni yoki AQSh yalpi ichki mahsulotining 105 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilmoqda. Barak Obamaning prezidentligi davrida bu qarz miqdori deyarli 2 barobarga ko‘paygan. Tramp AQSh qarzini kamaytirishi kerakligini bir necha marotaba aytgan, biroq ma'muriyatning byudjyet doirasidagi ijtimoiy majburiyatlari oshayotgani sababli uning ko‘payishiga ko‘nikishga majbur.
Mavzuga oid
18:45 / 20.10.2024
Mask AQSh prezidentlik sayloviga qadar kuniga 1 mln dollarlik lotereyani e’lon qildi
14:21 / 20.10.2024
AQShga qochgan diplomat: okean ortidan siyosiy boshpana so‘ragan sovet amaldori
22:30 / 19.10.2024
AQSh Ukrainani NATOga taklif qilishga tayyor - OAV
22:01 / 18.10.2024