Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» «Liverpul»ni «yanchib tashladi»
Angliya premer-ligasining 3-turi markaziy uchrashuvida «Manchester Siti» «Liverpul»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Serxio Aguero De Bryuynening pasidan keyin hisobni ochdi. 37-daqiqada livepulliklar yetakchisi Sadio Mane «Manchester Siti» darvozaboni Edersonning yuziga oyog‘i bilan zarba bergani uchun qizil kartochka oldi. Hakam Edersonga tibbiy yordam ko‘rsatilgani va maydondan chiqib ketgani uchun 8 daqiqa qo‘shib bergandi. O‘sha daqiqlarning oltinchisida Gabi Jyezus yana o‘sha De Bryuynening to‘p uzatishini golga aylantirdi.
Ikkinchi bo‘limda esa manchesterliklar maydonda istalgan ishini qildi. Avvaliga Jyezus Agueroning uzatmasidan so‘ng hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, uning o‘rniga maydonga tushgan Leroy Sane o‘yinning so‘nggi qismida kiritgan ikki goli evaziga «Siti»ga o‘ta yirik g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» hisobidagi ochkolar soni 10ga yetdi va jamoa turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Liverpul» esa 7 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.
Angliya premer-ligasi, 4-tur
Manchester Siti – Liverpul 5:0 (2:0)
Gollar: Aguero (24), Gabriel Jyezus (45+6, 53), Sane (77, 90+1).
Manchester Siti: Ederson (Bravo, 45), Danilo, Stounz, Mendi, Otamendi (Mangalya, 71), Fernandino, de Bryuyne, Silva, Uoker, Gabriel Jyezus (Sane, 57), Aguero.
Liverpul: Minole, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Klavan, Firmino (Solanke, 67), Djan, Salax (Oksleyd-Chemberlen, 46), Veynaldum (Milner, 58), Mane, Xenderson.
Ogohlantirishlar: Otamendi (6), Aleksander-Arnold (19), Fernandino (28), Djan (80).
Chetlatish: Mane (37).
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025