Jahon | 09:16 / 09.09.2017
4326
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson KXDRni muhokama qilish uchun Britaniyaga boradi

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Buyuk Britaniyaga KXDR va Liviya muammosini muhokama qilish uchun tashrif buyuradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat departamenti xabar berdi.

Tashrif 13-14 sentabrga mo‘ljallangan.

Ta'kidlanishicha, Tillerson Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bilan uchrashadi.

«Davlat kotibi sheriklar bilan qator masalalarni muhokama qiladi. Ular orasida KXDR raketa dasturi tomonidan kelayotgan tahdidga qarshi kurashish uchun bosimni oshirish imkoniyati ham bor», - deyiladi idora xabarida.

Avvalroq KXDR AQShni ogohlantirgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid