KXDR taşqi iqtisodiy işlar vaziri Kim Yon Jyening ma'lum qilişiça, mamlakat AQŞ tomonidan sanksiyalar va bosimga kuçli çoralar bilan javob qaytaradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«AQŞ bizning davlatning hozirgi maqomini umuman esidan çiqarişi kerak emas. Biz atom va vodorod bombalariga egamiz, şuningdek, qit'alararo ballistik raketalarimiz bor», - dedi vazir Şarqiy iqtisodiy forum vaqtida jurnalistlarga.

Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlarning KXDRga nisbatan hozirgi siyosati AQŞ yarim orolda uruş boşlaş maqsadida ekanini anglatadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya KXDRning yadro maqomini tan olmasligi haqida ma'lum qilgandi.