Texnologiya | 18:53 / 09.09.2017
19307
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Mercedes-AMG va Porsche sedanlari kuch sinashdi

Foto: EVO

Britaniyaning Evo nashri jurnalistlari Mercedes-AMG E 63 S va Porsche Panamera Turbo sedanlari o‘rtasida dreg-poyga o‘tkazishga qaror qilishdi. Ushbu poyga haqidagi videolavha nashrning YouTube-kanaliga joylashtirilgan.

Evo ekspertlari avtomobillarning dinamik xususiyatlarini o‘lchab, ular dreg masofa – 402 metrni qancha soniyada o‘tishlarini hisoblashdi. Ushbu masofaning marra chizig‘ini bosib o‘tishda mashinalar oralig‘idagi farq 0,3 soniyani tashkil etdi. Bunda Mercedes-AMG va Porsche ham soatiga 96 km tezlikka 3,4 soniyada erishgan. 

Mercedes-AMG E 63 S sedani turbo V8 dvigateli bilan jihozlanadi. Uning quvvati 612 ot kuchiga teng. Porsche Panamera Turbo sedaniga ham benzinli V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, 550 ot kuchiga teng. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid