Mercedes-AMG va Cigarette Racing kompaniyalari özaro hamkorlikning ön yilligi munosabati bilan AMG GT R xardor kupesi ruhidagi tezyurar qayiqni qurişdi. Bu 15 metrli kema umumiy quvvati 3000 ot kuçiga ega ikkita dvigatel bilan jihozlandi hamda Marauder AMG deb nomlandi.

Kater Mercury Racing tomonidan işlab çiqilgan V8 tvin-turbo motorlariga ega. Töqqiz litrli qurilmalar benzida işlaganda 1350 ot kuçini bersa, poyga yoqilğisi işlatilganda quvvat 1550 ot kuçiga yetadi. Qayiqning boşqa dinamik xususiyatlari oydinlaştirilmagan.

Marauder AMĞning dizayni alohida tahsinga loyiq. Qayiq taşqi jihatdan AMG belgisi va yon tomonda yorqin yaşil çiziqlarga ega.

«Salon» beşta sport uslubidagi örindiqqa ega, ularga AMG belgilari tuşirilgan. Bundan taşqari, içkarida ham yaşil rangdan foydalanilgan.

Mercedes-AMG va Cigarette Racing’ning beşinçi qöşma loyihasi bölgan qayiqning qiymati oşkor etilmadi.

Avvalroq firmalar özaro harakatlar bilan SLS elektr superkari, AMG Vision Gran Turismo kontsepti, GT S  ikki eşikli modeli va Mercedes-AMG GT3 modeli yönalişida ham qayiqlar çiqarişgandi.