Mercedes-AMG kompaniyasi yana bitta modelni işlab çiqariş imkoniyatini körib çiqmoqda. Yangi model Porsche Cayman va Boxster’ga raqobat qiladi. Bu haqda kompaniya rahbari Tobias Moyersga iqtibos keltirgan holda Autocar naşri xabar berdi. 

“Bozorga Mercedes-AMG GT 4-Door Coupe kabi 4 eşikli avtomobil zarur. Yöltanlamaslarga kelsak, bunday modellardan yetarliça mavjud, şu sababli boşqa model işlab çiqaramiz”, deb aytgan Moyers.

Foto:Motor

Bu katta bölmagan va hamyonbop sportkar bölişi mumkin. Yangi model Mercedes-Benz SLC kabi bölişi, biroq kuçliroq va Mercedes-AMG ğoyasiga mos böladi. 

Mercedes-AMG GT 4-Door Coupe joriy yilda paydo böladi. Uning dvigatellari qatori 585 va 639 ot kuçiga ega dvigatellardan va 6 silindrli turbomotor negizidagi gibrid kuç qurilmasidan iborat böladi. Sportkarning yetakçi versiyasi 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erişa oladi, maksimal tezligi esa 315 km/soatni taşil qiladi.

Foto:Motor