Germaniyada yangi avloddagi Porsche Panamera xetçbeki omma oldida bir neça qismga bölib taşlandi. Avtomobilda öt öçiriş xizmati xodimlari YTHda jabrlanganlarni qutqariş böyiça harakatlarini maşq qilişgan.

Bunday noodatiy “tomoşa” Nyurnberg şahrida bölib ötgan. «Porşe» kompaniyasi seriyadan avvalgi partiyadan olingan hamda tajribaga möljallangan avtomobilni taqdim etgan.

Öt öçiruvçilar işlab çiqaruvçi tomonidan tuzilgan maxsus “qutqaruv sxemasi”da harakat qilişgan, u tezkor xizmatlarga avtomobildan falokatda jabrlanganlarni maksimal darajada tez, samarali va xavfsiz çiqarib olişda yordam beradi.

2013 yilda «Mersedes» öz avtomobillarida maxsus QR-kodlarini joylaştira boşladi, uni skanerdan ötkaziş çoğida avtomobil tuzilişi haqida batafsil ma'lumot taqdim etiladi.

Xususan, ma'lumotlar içida xavfsizlik yostiqlari, akkumulyator, benzobak, elektr simlari, yuqori bosim ostidagi elementlar, şuningdek, gibridlarda yuqori bosimli kabellarning joylaşganiga oydinlik kiritilgan. Bu ma'lumot qutqaruv xizmatlariga YTH vaqtida jabrlanganlarni maşinadan çiqarib olişda qöl keladi.

Autorambler’ning aniqlik kiritişiça, «Panamera» Yevropada kamida 113 ming yevro turadi.