Jahon | 09:59 / 10.09.2017
10172
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In shimoliy koreyalik olimlarga yadro qurolini takomillashtirishni buyurdi 

Foto: KCNA

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In vodorod bombasining sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilishida o‘z hissasini qo‘shgan yadrochi olimlarni qabul qildi. U qabul davomida mamlakat yadro kuchlarini mukammallashtirish uchun harakatlarni susaytirmaslikni buyurdi.

Kim Chen In olimlarga va texnik mutaxassislarga yadro kuchlarini mustahamlash uchun tadqiqot ishini kengaytirishga ko‘rsatma berdi. Shimoliy Koreya yetakchisi “mustaqil iqtisodiyot, olimlar jamoasi, armiya va xalq evaziga chuchxe g‘oyalari inqilobi g‘alaba qozonishi muqarrardir” deb ishonch bildirdi.

Qabul Shimoliy Koreya tashkil topganining 69 yilligi sharafiga 9 sentabrda uyushtirildi.

Shimoliy Koreya 3 avgustda qit'alararo ballistik raketalarni jihozlash uchun mo‘ljallangan vodorod jangovar zaryadini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazganini ma'lum qilgandi. Bu Shimoliy Koreyaning 6-yadro sinovi bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid