Jahon | 16:18 / 10.09.2017
8414
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon Myanma musulmonlariga 100 tonnalik insonparvarlik yordamini yo‘lladi

Foto: AP/Bernat Armangue

Ozarboyjon myanmalik qochqinlarga insonparvarlik yordamini yo‘lladi. Bu haqida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bayonotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi

"Biz musulmonlarga qarshi amalga oshiriladigan jinoyatlarni, xususan, yaqindagina Myanmada ro‘y bergan hodisalar, ommaviy qirg‘in va zo‘ravonlikni keskin qoralaymiz", - dedi Aliyev Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning fan va texnologiyalarga bag‘ishlangan sammiti davomida so‘zga chiqar ekan. 

Ilhom Aliyev xalqaro tashkilotlar, jahon hamjamiyati, shuningdek siyosiy va diniy yetakchilarni Myanmadagi muammoni hal qilish uchun qarorlar qabul qilishga chaqirdi. 

"Shuni qayd etmoqchi edimki, 8 sentabr kuni rohingya qochqinlariga Ozarboyjon tomondan 100 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yo‘llandi", - dedi Aliyev. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid