Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:06 / 10.09.2017
21917
1 daqiqa o‘qiladi
Rim papasi Kolumbiyada jarohat oldi
Foto: repubblica.it
Rim papasi Frantsisk Kolumbiyaga safari vaqtida avtomobilining keskin to‘xtashi oqibatida jarohat oldi.
La Repubblica nashrining ma'lum qilishicha, voqea Kartaxena shahri markazida papa mashinasi uni qutlashga yig‘ilgan olomon o‘rtasidan o‘tayotganda yuz bergan.
Mashina olomonni kesib o‘tayotganda keskin tormoz olishi oqibatida pontifik yuzini urib olgan. Buning oqibatida uning chap qoshi yorilgan va chap ko‘zi ostida mo‘mataloq paydo bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, papaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish