Texnologiya | 11:39 / 11.09.2017
13225
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya sayyoradagi eng tezkor giperkarni namoyish etadi

Foto: Trendymen

Frankfurt avtosaloni joriy yilda juda ko‘plab syurprizlar tayyorlamoqda. Hammasidan ham Yaponiyaning Aspark kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va ikki soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi mumkin bo‘lgan Owl giperkari ajralib turibdi.

Yaponlar yana o‘z repertuarida. Jahonga mashhur konsernlar balandparvoz bayonotlar berayotgan bir paytda, ular sayyoraning eng tezkor avtomobillarini osonlik bilan ortda qoldirib ketishi mumkin bo‘lgan mashinalarni chiqarmoqda.

Foto: Trendymen

Qayd etilishicha, mashhur Dodge Challenger SRT Demon’ga soatiga 100 kilometr tezlikka chiqish uchun 2,3 soniya yetarli bo‘lsa, juda ham qimmat turuvchi Bugatti Chiron bunga 2,4 soniya sarflaydi. Yaponlarning kiperkari esa elektr kuch qurilmasi va magniyli qotishmadan tayyorlangan g‘ildirak disklariga ega bo‘ladi – hozircha boshqa hech narsa ma'lum emas.

Foto: Trendymen

Owl tashqi ko‘rinishi xuddi bosh loyihachi Betmenning ashaddiy muxlisidek tasavvur uyg‘otadi. Avtomobil kuzovi butunlay uglerodli toladan tayyorlangan. Shunisi qiziqki, Aspark giperkarni seriyali ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid