Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada nogironlar uchun avtonom harakatlanuvchi kreslo ishlandi
Yaponiyada nogironlarni mustaqil ravishda belgilangan joyga olib borishga qodir kreslo-aravachalar ishlab chiqarildi. Shunisi diqqatga sazovorki, bunday aravachalar o‘z egasini nutqidan taniy oladi, shuning uchun ovoz yordamida istalgan yo‘nalishni belgilash va zarurat tug‘ilganda, harakatlar davomida tuzatish kiritish mumkin bo‘ladi.
Zamonaviy sun'iy intellekt bilan jihozlangan kreslo-aravacha to‘siqlar va qarshi tomonda harakatlanayotgan odamlarni chetlab o‘tishning uddasidan chiqadi. Kurum shahrining Texnologiyalar institutida ishlab chiqarilgan aravachalar hozirgi vaqtda amaliy sinov bosqichidan o‘tmoqda. Ular yaqin 3-5 yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Kreslo-aravacha unga sozlangan smartfon yoki planshet yordamida harakatga keltiriladi. Bunda geolokatsiya ma'lumotlari inobatga olinib, harakatlanish uchun eng optimal yo‘nalish belgilanadi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda Yaponiya qonunchiligi nogironlar uchun mo‘ljallangan to‘liq avtonom kreslo-aravachalardan foydalanishni taqiqlaydi - mahalliy hukumat texnologiyalarning pand berishidan xavfsiramoqda.
Biroq bunday kolyaskalardan yirik univermaglar yoki muzeylarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar yaqin yillarda, ya'ni texnologiya to‘liq tadqiq qilinib tekshirilgunga qadar qonunchilikka tuzatish kiritilishiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026