Jamiyat | 10:22 / 11.09.2017
7172
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmlik Asadbek Prezident ajratgan mablag‘dan davolanadi

Foto: facebook.com / Xalq bilan muloqot

Xorazmlik 8 yoshli Asadbek nutqidagi nuqsonlar Prezident Mirziyoyev ajratgan mablag‘ hisobidan bartaraf etiladi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot» guruhi shu haqda xabar bermoqda

«Sayyor qabulning amaliy natijasi: 8 yoshli Asadbekning nutqidagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish Prezident ajratgan mablag‘ hisobidan amalga oshiriladigan bo‘ldi», - deyiladi xabarda.

 

8-9 sentabr kunlari Prezident Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi a'zolari Xorazm viloyatida sayyor qabullar o‘tkazgani avval xabar qilingan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid