Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasda otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Texasda yuz bergan otishma oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press Pleyno shahri politsiyasiga asosan.
Politsiya vakili Devid Tillining so‘zlariga ko‘ra, politsiya xodimlari o‘q tovushlari haqidagi xabarlardan so‘ng shahardagi uylardan biriga yetib kelishgan.
Politsiyachilar gumonlanuvchini uchratishgach, otishma boshlangan, natijada ikki zobit yaralandi, jinoyatchi esa voqea joyida halok bo‘ldi, deya xabar qilgan Tilli.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar shaxsi hozircha aniqlanmadi. Bu holat bo‘yicha tergov boshlandi.
28 avgust kuni Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Klovis shahrida joylashgan kutubxonada otishma ro‘y bergani, 2 kishi halok bo‘lib, 4 nafar inson shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:33 / 22.12.2025
Qo‘lbola bombalar va o‘q otish maydonidagi mashg‘ulotlar. Politsiya Bondi-Bichdagi hujum tafsilotlarini ochiqladi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
08:50 / 15.12.2025
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
09:44 / 03.12.2025