Sport | 22:30 / 11.09.2017
13215
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA prezidenti «PSJ»ga tahdid qildi

Foto: L'Equipe

UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin «PSJ»ning Neymar va Kilian Mbappe (222 million va 180 mln yevro) transferi bo‘yicha fikr bildira turib, ularning moliyaviy feyr-pley talablari bo‘yicha jazoga tortilish imkoniyatini baholadi.

«Men Platinidek mashhurlikka intilsam, «PSJ»ni yevrokuboklardan chetlatishim kerak bo‘ladi», – degan Cheferin.

«Hech kim qonundan ustun bo‘lmaydi. Yaqin vaqt ichida biz parijliklarning transferlari bo‘yicha tekshiruvlar natijalarini ko‘rib chiqamiz. Sanktsiyalar o‘ta beshafqat bo‘lishi mumkin», – deya UYeFA prezidentining tahdidona so‘zlarini keltirgan L'Equipe.

«Agar «PSJ»ning aybi isbotlansa, men bu klubni yevrokuboklardan chetlataman. Biz jazolashdan qo‘rqmaymiz», – deya qo‘shimcha qilgan sloveniyalik amaldor.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA «PSJ»ning moliyaviy feyr-pley qoidalari talablariga qanchalik amal qilgani bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid