Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Myanmadagi ommaviy qirg‘indan tashvishda
AQSh Myanmadagi rohingya musulmonlari bilan bog‘liq vaziyatni qoralaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning xabarida aytiladi.
«Biz xavfsizlik kuchlari va bu kuchlar roziligi bilan harakat qilayotgan fuqarolar tomonidan inson huquqlarining buzilishi, jumladan, suddan tashqari qatllar, qishloqlarning yoqib yuborilishi, ommaviy qotilliklar va zo‘rlash holatlari haqidagi xabarlardan tashvishdamiz», - deyiladi xabarda.
Oq uy Myanma hukumati va xavfsizlik kuchlarini zo‘ravonlik hamda oddiy fuqarolarni qishloqlardan haydab chiqarishni to‘xtatishga chaqirdi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashida Myanma bo‘yicha uchrashuv qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘lgandi.