Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Martaba darajasi bo‘yicha yuriskonsultlar attestatsiyasi suhbatsiz o‘tkaziladi
Adliya vazirining buyrug‘i (2017 yil 28 avgust) bilan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 19.01.2017 yildagi PQ–2733-son «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlariga belgilangan martaba darajalarini berish, ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
Qabul qilingan Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
• adliya organlari va muassasalaridan ishga o‘tgan Prezident devoni boshqaruv xodimlariga;
• Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek Hukumat apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga nisbatan.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur toifadagi xodimlari attestatsiyadan o‘tmaydi.
Martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish yuridik xizmat xodimining navbatdagi attestatsiyadan o‘tishi, deb hisoblanmaydi hamda attestatsiyadan o‘tish muddatining uzaytirilishiga asos bo‘lmaydi. Ya'ni ushbu ikki turdagi attestatsiyani adashtirmaslik kerak.
Attestatsiya adliya vazirining buyrug‘iga asosan tuziladigan Yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari tegishincha Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta'minlash boshqarmasi va uning hududiy sho‘'balari tomonidan tashkil etiladi. Bu jumladan martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish va ularni tegishli takliflar bilan Komissiyaga kiritishga ham taalluqli.
Martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarining attestatsiyasi tegishli hujjatlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida o‘tkaziladi. Komissiya martaba darajasiga tavsiya etish masalasi ma'lumot-tavsifnomada keltirilgan ish faoliyati natijalari, kasbiy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda yuridik xizmat xodimining ishtirokisiz ko‘rib chiqadi. Suhbat zarur holatlardagina o‘tkaziladi. Komissiya yig‘ilishi a'zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
• nomzodga martaba darajasi berish mumkinligi to‘g‘risida;
• nomzodga martaba darajasi berish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida.
Bunda attestatsiya komissiyasi adliya vaziriga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan martaba darajasidan yuqori yoki past martaba darajasi berish taklifi bilan chiqishi mumkin.
Mavzuga oid
09:17
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026