Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 mln so‘mlik jihozlarni o‘margan shaxs ushlandi
Olmaliq shahrida yashovchi, «MASTERTEX» MChJning rahbari, 1977 yilda tug‘ilgan G‘.N. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, derazadan kirib, shu MChJga qarashli tikuv korxonasidan umumiy narxi taxminan 12.000.000 so‘m bo‘lgan «Samsung» rusumli sovutgich, 1 ta tikuv mashinasi va mingdan ortiq trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan N.L. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Ashyoviy dalillar olindi.
Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026