Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi: KXDR bo‘yicha harbiy yechim falokatga olib keladi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning fikricha, KXDR bilan bog‘liq inqirozning harbiy yechimi falokatga olib keladi.
«O‘ylashimcha, vaziyat nazoratdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunisi aniqki, Shimoliy Koreya xalqaro huquq va Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga amal qilishi lozim. Buni barcha davlatlar qilishi kerak», - deya Guterreshning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini «nafaqat KXDRga bosim o‘tkazish uchun fundamental vosita, balki diplomatik yechim topish uchun usul» sifatida ham qabul qilish kerak.
«Biz Koreya yarim oroli yadrosiz bo‘lishini oldimizga maqsad sifatida qo‘ygan ekanmiz, juda qat'iy holatda KXDRning yadro va raketa sinovlarini qoralashimiz kerak. Biroq, shu bilan birga, harbiy yechim falokatga aylanishini ham tushunishimiz lozim», - deya ta'kidlab o‘tdi BMT bosh kotibi.
U diplomatik tashabbuslar va siyosiy yechim uchun sharoitlar yaratish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026