Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada faol vulqon krateriga tushib ketgan oila halok bo‘ldi
Uch kishi - 11 yoshli bola va uning ota-onasi Neapol yaqinidagi Solfatara vulqoni krateriga qulab halok bo‘ldi. Italiyaning ANSA agentligi shu haqida xabar berdi.
Turistlar ko‘p keladigan taniqli vulqonni ko‘rgani kelgan oilaning to‘ng‘ich o‘g‘li to‘siqdan o‘tib, sirpanib ketdi va kraterga tushib qoldi. Bolaning ota-onasi unga yordam berishga urindi, biroq natijada o‘g‘lining o‘zi ham, ota-ona ham halok bo‘ldi.
Kenja farzand - 7 yoshli o‘g‘il kraterdan xavfsiz masofada bo‘lgan va shu tufayli omon qolgan. Bola vaqtinchalik vasiylik organlariga topshirilgan, keyinroq uni qarindoshlari olib ketishi kutilmoqda.
Oila Solfatara vulqonini ko‘rish uchun Venetsiya atrofidagi Meola shahridan kelgan bo‘lgan.
Solfatara vulqoni Neapol yaqinidagi Flegrey dalalarida joylashgan. Flegrey dalalaridagi vulqonlarning aksariyati so‘ngan. Solfatara vulqoni krateri yerdagi vulqon bug‘i chiqib turuvchi o‘yma hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026