Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA insonning Marsga parvozi qachon amalga oshishini ma'lum qildi
Foto: Flickr
NASA 2030-yillarda insonni Marsga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida ilmiy missiyalar uchun javobgar tashkilot rahbari yordamchisi Tomas Zurbuken Blick gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Yaqin 20 yil ichida biz Marsga odamlarni yo‘llashimiz mumkin", - dedi u va parvoz sanasi ko‘p jihatdan NASA va hamkorlarining byudjyetiga bog‘liq ekanini qo‘shimcha qildi.
Zurbekenning so‘zlariga ko‘ra, ekspeditsiyani amalga oshirish uchun qator texnik muammolarni hal qilish, xususan, yanada tezkor raketalarni ishlab chiqish zarur.
"Hayotiy faoliyat ta'minoti tizimi hozirgi kosmik stansiyadagidan-da samarali ishlashi kerak. Ular bundan-da ishonchli bo‘lishi kerak, chunki biz ularni tezda ta'mirlay olmaymiz", - dedi u.
Shuningdek Zurbeken NASA'ning 2020 yilda Marsga Mars Exploration Rover'ni yo‘llash rejasi haqida ma'lum qildi, u sayyorada yashash imkoni bo‘lgan yoki bo‘lmaganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, AQSh muz qatlami ostida ulkan okean aniqlangan Yupiter-Yevropa sun'iy yo‘ldoshi tadqiqoti hamda yangi yerlarni kashf qilishga yordam berishi kerak bo‘lgan James Webb orbital teleskopi orqali Koinotni o‘rganish bilan shug‘ullanmoqchi.
Mavzuga oid
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi
23:12 / 06.04.2026