Sport | 15:30 / 13.09.2017
15740
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA «Seltik» va «PSJ» o‘yinidagi vaziyat yuzasidan ish ochdi

UYeFA Shotlandiyaning «Seltik» klubiga nisbatan Yevropa chempionlar ligasida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan ish ochdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Gap shundaki, «Pari Sen-Jyermen»ga qarshi uchrashuv vaqtida parijliklar hujumchisi Kilian Mbappega shotlandiyalik muxlis hujum qilgan. Britaniya matbuotida yozilishicha, muxlis futbolchiga zarba berishga uringan ammo mo‘ljalni aniq ola bilmagan. Voqea paytida styuardlar uni qo‘lga olishgan, shundan so‘ng politsiyachilar uni olib ketishgan.

Tashkilot bergan xabarga ko‘ra, ular shuningdek o‘yin davomida stadion o‘rindiqlarini sindirgan parijlik muxlislar hatti-harakati yuzasidan «PSJ»ga nisbat an ham ish ochgan. Ikkala masala ham UYeFA tartib intizom qo‘mitasining 19 oktabrdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Seltik» joriy mavsumning o‘zida ham jazoga tortilishga ulgurgandi. Jamoa muxlislari Shimoliy Irlandiyaning  «Linfild»ga qarshi uchrashuvda (4:0) ko‘tarib chiqqan siyosiy bannerlari sabab shotland klubiga 23 ming yevro miqdorida jarima solingandi.

Mavzuga oid