Azar «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolaydi
«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar londonliklar bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Tuttomercatoweb nashri bergan xabarga ko‘ra bu voqea tez orada sodir bo‘ladi.
Xabarda yozilishicha, bu futbolchi bilan tuziladigan yangi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. Belgiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2019/20 yilgi mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan.
Eden Azar «Chelsi» tarkibida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘shanda londonliklar «Lill»dan Azarni 35 million yevro evaziga sotib olgandi. O‘sha davrdan buyon belgiyalik futbolchi «Chelsi» tarkibida 251 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 72 gol va 62 golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, bir necha yildan buyon yozgi transferlar vaqtida ushbu futbolchi nomi «Barselona», «Real» va «PSJ» kabi grand jamoalar bilan bog‘lanib, u ushbu jamoalardan biriga yo‘l olishi aytib kelinadi.
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024