Sport | 08:31 / 14.09.2017
11046
1 daqiqa o‘qiladi
Mourino: Ibrahimovich sabrli bo‘lishi kerak
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jarohatdan so‘ng tiklanayotgan hujumchi Zlatan Ibrahimovichni safga qaytishga shoshilmaslikka chaqirdi.
«Bizda unga ehtiyoj bor va uni kutmoqdamiz, ammo u sabrli bo‘lishi, hissiyotlar berilmasligi hamda aqlsizlik bilan ish tutmasligi kerak. U tezroq tiklanish istagida ekanini bilaman, biroq hammasi asta-sekinlik bilan borishi lozim. Biz u safga qaytishini xohlamoqdamiz, biroq, shu bilan birga, juda yaxshi holatda kelishini ham istaymiz», - dedi Mourino.
Ibrahimovich aprel oyida tizzasidan jiddiy jarohat olgandi. Kutilishicha, u «MYu»ga YeChL guruh bosqichi o‘yinlarida yordam bera olmaydi.
Mavzuga oid
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024