Jahon | 11:50 / 14.09.2017
7522
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Belarusda «Zapad-2017» mashqlari boshlandi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya va Belarus hududida «Zapad-2017» qo‘shma strategik mashqlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida aytiladi.

Mashqlarga 12,7 ming harbiy, 70 ta samolyot va vertolyot, 250 ta tank, 200 ta artilleriya quroli, 10 ta jangovar kema jalb etilgan.

Harbiy mahkamadan ta'kidlashlaricha, mashqlar «faqatgina mudofaa maqsadida bo‘lib, qaysidir davlatlarga qarshi qaratilmagan».

Avvalroq Ukraina «Zapad-2017»ga javoban mashqlar o‘tkazishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid