Jahon | 15:25 / 15.09.2017
16291
1 daqiqa o‘qiladi

Financial Times jurnalisti Shri-Lankada timsoh qurboniga aylandi

Foto: AFP

Shri-Lankada Financial Times nashrining 24 yoshli jurnalisti jasadi topildi. U timsoh hujumidan so‘ng halok bo‘lgan.

Jurnalist Pol MakKlinning jasadi Shri-Lanka poytaxti – Kolombodan sharqda joylashgan qishloqlardan biridagi sayoz ko‘ldan topilgan. Jarohatlar izlari fojiali hodisaga timsoh aloqador ekanidan dalolat berdi.

Ta'kidlanishicha, u do‘stlari bilan hordiq chiqarayotgan bo‘lgan.

Joriy yilning iyun oyi boshlarida Shri-Lankada fuqarolar besh metrli timsohni bog‘lab qo‘yib, hukumatga topshirishgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid