Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya yana bir yirik musobaqani o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda
Foto: Getty Images
Nemis futbol uyushmasi 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi va unda 10ta stadionni ko‘rsatib o‘tdi. Bu haqda «Bavariya» rasmiy saytida yozilgan.
Berilgan arizada «Alyants Arena» (Myunxen), Olimpiashtadion (Berlin), «Signal Iduna Park» (Dortmund), «Esprit Arena» (Dyusseldorf), «Kommertsbank-Arena» (Frankfurt), «Feltins-Arena» (Gelzenkirxen), « Folksparkshtadion» (Hamburg), «Rayn-Energi» (Kyoln), «Red Bull-Arena — Tsentralshtadion» (Leyptsig) va «Mersedes-Bents-Arena» (Shtutgart) stadionlari uchrashuvlarni o‘tkazish arena sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
2018 yilning 27 apreliga qadar tashkilot UYeFAga barcha hujjatlar yig‘indisini tayyorlab berishi kerak bo‘ladi.
UYeFA tomonidan musobaqani o‘tkazish bo‘yicha mezbon davlatni aniqlashni 2018 yilning sentabrida e'lon qiladi. Germaniyaning bu boradagi yagona raqibi Turkiya bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026