Xitoyda iPhone X’ni blokdan chiqarishdan himoyalovchi niqob yaratildi
Xitoyda iPhone X’ni blokdan chiqarishdan himoyalovchi niqob yaratildi, deb xabar bermoqda The Verge internet-portali.
Niqobni sotuvchilar uni telefon egasi uxlayotganda o‘g‘rilar unga bildirmasdan telefonni blokdan chiqara olmasliklari uchun hordiq vaqtida taqishni taklif qilishmoqda.
Apple kompaniyasi iPhone X uchun yangi identifikatsiya tizimini ishlab chiqdi. Unda smartfonni blokdan chiqarish yuzni tanish texnologiyasi Face ID yordamida amalga oshiriladi.
Face ID smartfon egasi yuziga 30 mingdan ko‘proq ko‘rinmaydigan nuqtalarni proyeksiyalaydi. Shundan keyin smartfon egasining infraqizil spektrdagi tasviri va nuqtali strukturali xaritasi yuzning matematik modelini yaratish uchun neyron tarmoqlar orqali o‘tkaziladi. So‘ngra ma'lumotlar Secure Enclave moduliga yuboriladi va bu yerda yuzning mos kelishi tekshiriladi.
Apple kompaniyasi taqdimoti vaqtida yangi smartfon o‘z egasi Kreyg Federinini tanimagan va u bu funksiyani namoyish qilish uchun boshqa qurilmani olishiga to‘g‘ri kelgandi.
Mavzuga oid
17:56 / 28.08.2024
AQShda jamoat joyida niqob taqqan yigit hibsga olindi
07:20 / 30.06.2022
Tibbiy niqob rejimi hozircha joriy etilmayapti, biroq taqib yurish maslahat beriladi - SES
23:31 / 09.12.2021
Koronavirus borligini ko‘rsatuvchi himoya niqobi ishlab chiqildi
08:01 / 24.08.2021