Jahon | 12:16 / 16.09.2017
3766
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro muxolifat bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb atadi

Foto: Reuters

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Dominikan Respublikasidagi Venesuela hukumati va muxolifati o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralarni muvaffaqiyatli, deb atadi. Bu haqda Latin American Herald Tribune xabar bermoqda.

«Biz bir haftalik muzokaralardan so‘ng, Venesuela delegatsiyasi va muxolifat o‘rtasida tinchlik, birgalikda hayot kechirish va suverenitet to‘g‘risidagi kelishuvga erishishga yaqin keldik. Biz juda yaqinmiz», - deya izoh bergan Maduro muzokaralar yakuniga.

Shuningdek, u Dominikan prezidenti Danilo Medinaga muzokaralarni tashkillashtirishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq Venesuela bosh prokuroriga o‘ldirish bilan tahdid qilishgani xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid