Venesuela boş prokurori Tarek Vilyam Saabning ma'lum qilişiça, korrupsiyaga qarşi tergovlar boşlanganidan söng, unga öldiriş bilan tahdid qilişgan. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

«Men bir televizion dastur efiridan çiqqanimdan söng, noma'lum şaxs qönğiroq qildi. Menga tahdid qilib: «Faja’ga tegişli tergovni davom ettiradigan bölsang, ölik muşuk kabi holatga tuşasan» dedi» , - degan boş prokuror.

Faja – Venesueladagi noan'anaviy neft konlarining eng yirigi – Orinoko neftga ega qumlaridir.

Saabning ta'kidlaşiça, Faja konini özlaştiriş uçun 2010-2017 yillar davomida 41 mingdan ortiq şartnomalar imzolangan bölib, ularning 10 tasidayoq 200 mln dollarlik öğirlik holati aniqlangan.