Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda "Dunyo ozarboyjonlarining jilosi" kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazida tadqiqotchi-jurnalist Fuad Husaynzodaning “Dunyo ozarboyjonlarining jilosi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, Ozarboyjon diasporasi vakillari, olimlar, madaniyat vakillari hamda OAV ishtirok etdi.


Muallif Fuad Husaynzoda Ozarboyjon diaspora jurnalistlari uyushmasining raisi bo‘lib, taqdimotda o‘zi ham qatnashdi va kitobning mazmuni bilan tanishtirdi.
Mazkur kitob Ozarboyjon mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda xorijda yashovchi ozarboyjonliklar haqida hikoya qilinadi. Jahonning besh qit'asida yashovchi vatandoshlardan 173ga yaqin intervyu chop etilgan.


Shuningdek, muallif O‘zbekistondagi taniqli ozarboyjonliklar haqida ham ma'lumot bergan.


Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga muallif dastxati tushirilgan kitoblar hadya qilindi.
Mavzuga oid
12:44 / 09.04.2026
Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
20:38 / 07.04.2026
Toshkentda kvartiralar necha pul?
09:10 / 03.04.2026