Sport | 20:20 / 17.09.2017
9076
3 daqiqa o‘qiladi

A Seriyada yangi peshqadam paydo bo‘ldi

Foto: Sovetskiy sport

«Napoli» Italiya chempionatining 4-turida «Beneveto»ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 6:0.

Mezbonlarning gollariga Markes Allan (3-daqiqa), Lorentso Insine (15-), Dris Mertens (27, 65, 90-daqiqada penaltidan) va Xose Kallejon (32) muallif bo‘lishdi.

Neapolitanlar jamoasi endi «Yuventus» va «Inter» kabi 12 ochko jamg‘argan, ammo to‘plar nisbati ustunligi evaziga turnir jadvalida peshqadam. Bu jamoaning bugungi raqibi esa 4 o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lgan holda turnir jadvalida oxirgi o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda «Napoli» 20 sentabr kuni «Latsio» maydoniga safar qiladi, «Benevento» shu kuni «Roma»ni qabul qiladi.

«Sassuolo» amaldagi chempion «Yuventus»ni qabul qildi.

Uchrashuvda mehmonlarning argentinalik yulduzi Paulo Dibala het-trikka erishib jamoasining g‘alabasini ta'minladi. «Sassuolo» Dibalaning gollariga Politanoning birgina goli bilan javob qaytara oldi, xolos.

Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» hisobidagi ochkolari sonini 12taga yetkazib oldi va to‘plar nisbatidagi farq sabab «Inter»ni quvib o‘tgan. «Sassuolo» esa bir ochko bilan 17-pog‘onani band etib turibdi.

Italiya chempionati, 4-tur

Napoli – Benevento 6:0
Gollar: 1:0 – 3 Allan, 2:0 – 15 Insine, 3:0 – 27 Mertens, 4:0 – 32 Kallejon, 5:0 – 65, penalti Mertens, 6:0 – 90, penalti Mertens.
Napoli – Reyna, Albiol, Xyusay, Kulibali, G‘ulom, Hamshik, Allan (Rog, 74), Insine (Jakkerini, 58), Jorjino, Kallejon (Una, 66), Mertens.
Benevento – Belets, Venuti, Di Kyara, Antey (Letitsia, 32), Lazaar, Chibsa, Viola, Luchoni, Koda, Armenteros (Kataldi, 55), Lombardi (Paridjini, 77).
Ogohlantirish: Letitsia (37).

Sassuolo – Yuventus 1:3 (0:1)
Gollar:
 Politano (51) – Dibala (16, 49, 51).
Sassuolo: Konsili, Letsxert, Kannavaro, Adjapong, Acherbi, Sensi, Matstsitelli (Dankan, 58), Politano (Raguza, 64), Manyanelli (Matri, 78), Lirola, Falchinelli.
Yuventus: Buffon, Rugani, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Bardzali, 72), Kellini, Kuadrado, Matyuidi, Pyanich, Mandjukich, Dibala (Bernardeski, 85), Iguain (Duglas Kosta, 78).
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (31), Adjapong (56), Bernardeski (86).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid