Jahon | 15:40 / 17.09.2017
18519
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Donbassda qulab tushgan Rossiya droni topildi

Foto: Facebook / ATO

Rasmiy Kiyev Donetsk oblasti hududida Rossiyada ishlab chiqarilgan «Orlan-10» uchuvchisiz uchish qurilmasi qulab tushgani haqida ma'lum qildi. Donbassdan topilgan dron fotosi Aksilterror operatsiyasi matbuot markazining Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan.

ATO shtabida xabar qilinishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari dronni urib tushirishga ulgurmagan, texnik nosozlik tufayli qurilmaning o‘zi qulab tushgan. Ukrainaliklarning aytishicha, Rossiyada ishlab chiqilgan bu qurilma Rossiya Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotganini anglatadi.

Shtab e'lon qilgan fotodagi yozuvlar rus tilida.

Ukraina harbiylari «Orlan-10» Donbassda razvedka va artilleriya zarbasini to‘g‘ri yo‘naltirish uchun qo‘llanishini ta'kidlashmoqda.

Mavzuga oid