Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Xitoy MB xorijiy investorlarga ko‘proq erkinlik bermoqchi
Foto: Reuters
Xitoy Markaziy banki xorijiy sarmoyadorlarga mamlakatdagi moliyaviy xizmatlar sohasida ko‘proq erkinlik beruvchi islohotlar to‘plamini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg qator manbalarga asosan xabar berdi.
«Xitoy Xalq banki yaqin orada o‘z takliflarini muhokama qilish hamda mamlakat muassasalaridan bu borada tavsiyalar olishni mo‘ljallagan», - deya ma'lum qildi manba.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari moliyaviy sektor hamda xorijiy firmalar bilan avvalgi hamkorlikdan olingan tajribalar asosida darslarni tashkil etish jadvalini muhokama etishni rejalashtirishgan.
Aniqlik kiritilishicha, yangi islohotlar xorijiy muassasalarga Xitoy moliya sektorida o‘zlarining qo‘shma korxonalarini nazorat qilishga ruxsat berishi, shuningdek, Xitoy banklarida xorijiy mulkka qo‘yilgan 25 foizlik limitni oshirishi mumkin.
Avvalroq Bloomberg Xitoy bitkoinlarda savdoni taqiqlab qo‘ymoqchi ekani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026