Eng qimmatbaho 10 soat (fotojamlanma)
Dunyo yetakchilarining soatlari bahosi qancha ekan haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hayratlanishga tayyor turing: bunday darajali kishilar ancha kamtar xronometrlarni tanlashadi. Bankirlar, Uoll-Strit ishbilarmonlari va jiddiy tadbirkorlar esa ko‘zga tashlanuvchi, olmoslar bilan bezatilgan yoki oq tilladan ishlangan soatlarni taqishlari mumkin. Trendymen tomonidan taqdim etilgan soatlar mexanizmi juda murakkab, ularning millari hech qachon shoshmaydi, ortda qolib ham ketmaydi. Ba'zilari gravitatsiya ta'sirini hisobga oluvchi maxsus mexanizm - turbiyon bilan jihozlangan. Bunday murakkabliklar va bezaklar dunyoda eng qimmat deb topilgan xronometrlarning narxini muayyan darajada oshiradi.
Piaget Emperador Temple
Narxi: 3,3 million dollar
Ko‘plab olmoslar ostida deyarli ko‘rinmayotgan 18 karatli oltin. Ustki qopqoqning o‘ziyoq 481 dona olmos bilan bezatilgan! Butun dunyoda bu soatlarning atigi ikki nusxasi mavjud, ulardan biri sotib bo‘lingan.
Patek Philippe Single-Button Chronograph Watch
Narxi: 3,6 million dollar
Ko‘rinishidan oddiy xronograf 1928 yilda fransuz grafining buyurtmasiga ko‘ra ishlangan. Bu soat avvalgi nusxaga nisbatan ancha kamtar ko‘rinadi - atigi 28 ta qimmatbaho tosh va oq tilla. Shunisi qiziqki, 2011 yildagi kimoshdi savdosida bu soat uchun haqiqiy "jang" ketgan, g‘olib esa u uchun 3,5 million dollardan ziyod pul to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.
Patek Philippe Single-Button Chronograph Watch
Narxi: 3,9 million dollar
Platinali qo‘l soatlari 1952 yilda ishlangan. Patek Philippe ustalari ularni anonim buyurtmachining buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqarishgan. Soatlar 2012 yilda sotuvga chiqib, Christie’s kimoshdi savdosida sotilgan.
Patek Philippe Platinum World Time
Narxi: 4 million dollar
Ushbu xronometrning dizayni va mexanizmi ustida jyenevalik katta usta Lui Kotter ishlagan. Avtonom sozlanuvchi maxsus qurilma har qanday soat mintaqasida ham aniq vaqtni belgilash imkonini beradi.
Paris Precision Stopwatch by Breguet & Fils.
Narxi: 4,6 million dollar
Breguet ustalari soatlarni ikki siferblat - rim va arab raqamlari bilan jihozlab, bejirim uslubda tayyorlashgan. Soat 18 karatli oltin va platinadan ishlangan.
Patek Philippe Caliber 89
Narxi: 5 million dollar
Ushbu model kompaniyaning 150 yilligi sharafiga ishlab chiqarilgan. Mutaxassislar Patek Philippe Caliber 89'ni qimmatbaho materiallardan ishlangan soatlarning eng murakkabi deb hisoblashadi. Dunyoda uning atigi 4 nusxasi bor - sariq tilla, pushti tilla, oq tilla va platina. Bu san'at asarini yaratish uchun ustalar 9 yil mehnat qilishgan.
Patek Philippe Reference 1527
Narxi: 5,6 million dollar
Soatlar Patek Philippe brendi egalari hisoblangan Sternlar oilasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqarilgan. 1943 yilda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan xronometr ko‘rgazmada katta muvaffaqiyat qozondi: mangu taqvim va oy fazalari ko‘rsatgichi u paytlar uchun yangilik bo‘lgan. 2010 yilning may oyida esa Christie’s kimoshdi savdosida anonim xaridor ularni 5,5 million dollardan ziyodga baholadi.
Patek Philippe Henry Graves Supercomplication
Narxi: 11 million dollar
Nyu-yorklik bankir, Genri Greyvz do‘stona bahsda yutib chiqish uchun ushbu xronometrga maxsus buyurtma bergan. Patek Philippe ustalari xronomert ustida 5 yil ishlashgan va natijada 900 detaldan iborat ajoyib mexanizmga ega bo‘lishgan. Tsiferblatdagi yulduzli osmon Greyvzning Nyu-Yorkdagi uyi derazasidan ko‘rinib turgan yulduzlar shaklini takrorlaydi.
201-carat Chopard
Narxi: 25 million dollar
Soat? Hoynahoy zargarlik mahoratining cho‘qqisi. Mitti siferblat noyob olmoslar qoplami ostida yashiringan - 874 ta toshning umumiy og‘irligi 200 karatga teng.
Joaillene Manchette
Narxi: 26 million dollar
Birinchi o‘rinda Shveytsariyaning Jaeger-LeCoultre konserni soatlari mustahkam o‘rnashib olgan. Bu yerda asosiysi siferblat emas: 576 ta olmos va 11 oniks bilan bezatilgan oq tilladan ishlangan ajoyib tasmalar barchaning e'tiborini jalb qiladi.
Mavzuga oid
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
17:36 / 18.11.2024
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024