Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya. «PSJ» g‘alabasiga raqibning o‘zi yordam berdi
Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda «PSJ» «Lion»ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 75-daqiqaga kelib, parijliklarning o‘zi gol uravermagach, «Lion» himoyachisi Marselo o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ya qoldi. 79-daqiqaga kelib Edinson Kavani penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, lekin bu vaziyatdan urugvaylik futbolchi foydalana olmadi. 86-daqiqada esa yana «Lion» himoyachisi, bu safar Jyeremi Morel o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va «PSJ»ga ishonchli g‘alaba uchun ko‘maklashib yubordi.
Ushbu g‘alabadan keyin «PSJ» hisobidagi ochkolar soni 18taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. «Lion» esa 11 ochko to‘plagan holda, 5-pog‘onaga joylashgan.
Fransiya chempionati, 6-tur
PSJ – Lion 2:0 (0:0)
Gollar: Marselo (75, avtogol), Morel (86, avtogol).
PSJ: Areolya, Dani Alves, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava (Berchiche, 73), Motta, Rabo, Mbappe, Draksler (Lo Chelso, 72), Neymar, Kavani.
Lion: Antoni Lopesh, Tete, Marselo, Morel, Mendi, Tuzar, Ndombele (Martinsh Pereyra, 72), Traore, Fekir, Depay (Auar, 90), Dias (Korne, 63).
Ogohlantirishlar: Motta (45), Fekir (55), Neymar (76), Mendi (79), Tiago Silva (81).
Mavzuga oid
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025