Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Tojikiston chegarasida telekommunikatsiya tarmog‘ini barpo etadi
«Qirg‘iztelekom» OAJ shu yilning avgust oyidan Tojikiston respublikasi bilan chegara hududida joylashgan O‘sh viloyati Qoramix qishlog‘ida ikkinchi xalqaro telekommunikatsiya bo‘g‘inini qurishni boshladi. Bunga qo‘shni respublikada xalqaro internet trafikka bo‘lgan talabning ortishi hamda kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yaxshilanishi sabab bo‘ldi, deb yozmoqda 24.kg agentligi.
Avvalroq, «Tojiktelekom» kompaniyasi bilan sotib olinayotgan internet-trafik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan. Yangi bo‘g‘in «Qirg‘iztelekom» tarmog‘ida avariya holatlari qayd etilganida zaxira ulanish imkonini taqdim etadi. Shu bilan kompaniya daromadi ortadi, Tojikiston operatorlarining Internetga ulanishini tezlashtiradi.
U 2017 yil 4-choragida qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
«Qirg‘iztelekom» OAJ shu kunga qadar mamlakat shimolida bir nechta xalqaro telekommunikatsiya bo‘g‘inlarini barpo etgan. Mamlakat janubida Bishkek — O‘sh — Botken — Isfara tarmoqlari orqali qo‘shni respublikaga xizmat ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026