Sport | 00:36 / 18.09.2017
13661
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» 54 yillik rekordni takrorladi

Foto: Twitter/RealMadrid

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvida (birinchi bo‘lim — 1:1) to‘p kiritdi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Borxa Mayoral tomonidan kiritilgan gol madridliklar uchun tarixiy golga aylandi. Opta Sports statistika markazi bergan xabarga ko‘ra, bu «Real»ning barcha rasmiy musobaqalarda ketma-ket gol kiritgan 73-o‘yini bo‘ldi. 

Bu orqali «Real» 1961-1963 yillarda Pele yetakchiligidagi «Santos» qayd etgan natijani takrorladi. «Real»ning keyingi uchrashuvda kiritadigan goli barcha davrlarning mutlaq rekordi bo‘lishi mumkin.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid