Jahon | 18:27 / 18.09.2017
3161
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina 2018 yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini yanada oshiradi

Ukraina kelasi yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini mos ravishda - 21 hamda 14 foizga oshiradi. Bu mamlakatning 2018 yilga mo‘ljallangan davlat byudjyeti loyihasida nazarda tutilgan. Bu haqda RIA Novosti Ukraina Oliy radasi rasmiy saytiga asosan xabar bermoqda.

2018 yilga mo‘ljallangan Ukraina davlat byudjyetining loyihasida Mudofaa vazirligini moliyalashtirish, 2017 yil bilan taqqoslaganda, 21 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu 3,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.

Bu mablag‘dan 624,3 mln. dollar qurol-yarog‘, harbiy texnikalarni ta'mirlash, modernizatsiya qilish va xarid qilishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari ishiga xarajatlar o‘tgan yil bilan solishtirganda 14 foizga oshishi nazarda tutilgan. Bu 6,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.

Avvalroq Poroshenko Ukraina mudofaa byudjyetini milliard dollarga oshirgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid