Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti AQShni ogohlantirdi
Foto: Reuters
Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy kelishuvdan voz kechsa, u holda bu Qo‘shma Shtatlarga "qimmat"ga tushishi mumkin. BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka kelgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi.
Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, AQShning kelishuvdan chiqishi qimmatga tushadi. Eron prezidenti "amerikaliklar o‘zlariga foyda keltirmaydigan narsa uchun bunday "baland narx" to‘lashni istashmaydi", deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, agar AQSh prezidentining ma'muriyati yadroviy kelishuvdan chiqsa, bu xalqaro hamjamiyatning Vashingtonga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.
Ruhoniy Arakan shtatidagi voqealarga to‘xtalar ekan, rohingya-musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishi uchun Myanma hukumatini javobgarlikka tortish kerakligini ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Arakan musulmonlariga gumanitar yordamni Myanmaga emas, Bangladeshga yo‘llash kerak. Bunday yordam bugungi kunda Arakan musulmonlari yashab kelayotgan qochqinlar lagerlariga bevosita yetkazilishi kerak.
Mavzuga oid
13:32 / 19.12.2025
AQSh Tayvanga eng yirik qurol-yarog‘ paketi yetkazib berishni rejalashtirmoqda
10:53 / 19.12.2025
AQSh Green Card dasturini vaqtincha to‘xtatib turadi
08:45 / 19.12.2025
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi
20:18 / 18.12.2025