Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga yil oxirigacha 5 ming tonna relslar yetkazib beradi
O‘zbekiston Qozog‘istondan temir yo‘l texnikasini sotib oladi. Bu haqda “Qozog‘iston temir joli” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Qozog‘iston temir joli” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi doirasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.
Hujjat doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari ikki mamlakat hududi orqali o‘tadigan xalqaro transport yo‘nalishlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, temir yo‘l transport vositalarini eksport qilish maqsadida uzoq muddatli hamkorlik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish niyatida.
Shuningdek, tomonlar joriy yil oxiriga qadar Qozog‘istondan O‘zbekistonga 5 ming tonna rels yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar.
“Qozog‘iston temir joli” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2020 yilgacha 40 ming tonna relslarni yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma imzolashga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:58 / 16.12.2025