Jahon | 15:50 / 19.09.2017
13129
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi qator ma'muriy binolarda evakuatsiya boshlandi

Foto: Instagram/anuta_cherkasova

Moskva shahrida ma'muriy binolardan evakuatsiya qilishning yangi to‘lqini boshlandi, poytaxtdagi to‘qqiz manzil bo‘yicha minalashtirishga doir qo‘ng‘iroqlar kelib tushdi. RBK nashri IIVdagi manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvada «Taganskiy», «Bogorodskoye», «Kuzminki», «Nagorniy», «Novogireyevo», «Solntsevo», «Lefortovo» va «Vnukovo» tumanlari kengashlari evakuatsiya qilingan. 

Bundan tashqari, Markaziy bolalar do‘koni (MBD)da ham evakuatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. "Binoni tekshirish ishlari hali yakunlanganicha yo‘q", - deydi RBK manbasi. Manbaga ko‘ra, savdo markazidan 1,5 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Guvohlar Markaziy bolalar do‘koni oldida olingan surat bilan bo‘lishishgan. Suratda savdo markaziga FVV va politsiya xodimlarining kelganini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, Moskvadagi "Izvestiya" gazetasi tahririyati hamda "Zvezdniy" kinoteatrida ham evakuatsiya ishlari o‘tkazilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid