Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Vashingtonda harbiy parad o‘tkazishni rejalashtirmoqda
AQSh yaqin kelajakda mamlakat mustaqillik bayrami munosabati bilan Vashingtonda harbiy parad o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Oq uy yetakchisi Donald Tramp fransiyalik hamkasbi Emmanyuel Makron bilan uchrashuvida bayonot berdi, deb yozmoqda TASS agentligi.
Amerika yetakchisining aniqlik kiritishicha, shunday parad tashkil etish zarurati haqidagi fikri Fransiyaga tashrifi chog‘ida paydo bo‘lgan. Fransiya Milliy kuni munosabati bilan tashkil etilgan harbiy paradda Tramp faxriy mehmonlardan biri bo‘lgan edi. "Biz 4 iyul kuni shunga o‘xshash nimanidir Vashingtonning Pensilvaniya-avenyusida tashkil etishimiz mumkin", - degan Tramp.
"Biz haqiqatdan ham o‘z harbiy qudratimizni namoyish etish uchun 4 iyul kuni Pensilvaniya avenyuda yirik parad tashkil etish haqida o‘ylayapmiz. <...> Men general Kelli va boshqa shunga aloqador kishilar bilan suhbatlashaman, ko‘ramiz, biz buni kelasi yilda tashkil eta olamizmi-yo‘qmi", - deya qayd etgan Amerika yetakchisi.
Mustaqillik kuni munosabati bilan tantanalar Amerika poytaxtida har yili o‘tkaziladi. U xususan, harbiy qismlar paradi, AQSh Kongressidagi konsert va kechki mushakbozlikni o‘z ichiga oladi.
AQSh va Fransiya prezidentlarining muzokaralari BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkdagi Palace mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026