Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston TIV Qozog‘istonga norozilik notasini topshirdi
Foto: kabar.kg
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi bugun Qozog‘istonga norozilik notasini yubordi. Bu haqda QR tashqi siyosat idorasi xabar qilgan.
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili R.Karibjanova 19 sentabr kuni Olmaota shahrida QR prezidentligiga nomzodlardan biri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv tufayli TIVga chaqirtirilgan.
«Vazirlik Qozog‘iston Respublikasi prezidenti N.Nazarboyevning Qirg‘iziston Respublikasi prezidentligiga nomzodlardan biri bilan o‘tkazgan uchrashuvi va Qozog‘iston rahbari ushbu nomzodga yaqinlashib kelayotgan saylovlarda qo‘llab-quvvatlov bildirgani tufayli taajjubga tushdi», - deyiladi hujjatda.
Qirg‘iziston TIVning bildirishicha, «do‘stona Qozog‘iston rahbari Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashmayotgani haqida ma'lum qilganiga qaramay, uning so‘zlari Qozog‘iston tomonining Qirg‘iziston Respublikasi bo‘lajak prezidenti bo‘yicha xohishini anglatadi».
Mavzuga oid
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
15:22 / 16.04.2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil etiladi
10:36 / 15.04.2026