Jahon | 10:15 / 20.09.2017
6460
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada favqulodda holat joriy etildi

Foto: Reuters

Meksika prezidenti Enrike Penya Neto 19 sentabr kuni ro‘y bergan kuchli, Rixter shkalasi bo‘yicha 7,1 balli zilziladan keyin halokat ko‘lamini baholash uchun Milliy qo‘mita yig‘ilishini chaqirdi.

Jabrlangan hududlarda favqulodda holat joriy etildi. Prezident farmoyishiga binoan mamlakat poytaxti Mexikoga jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun 3 ming nafar harbiy kiritildi.

Xarobaga aylangan hududlarda qutqaruvchilar va ko‘ngillilar ish olib bormoqda.

Televisa telekanali xabar berishicha, zilziladan keyin Mexikoda metropoliten va jamoat transporti aholi uchun tekin qilib qo‘yildi. Poytaxt aeroporti vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatgan.

3,5 mln kishi ayni vaqtda elektr ta'minotidan uzilib qolgan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Meksikada zilzila qurbonlari soni 200 nafardan ortiqni tashkil qilayotgani aytilgandi. Mexikoda o‘nlab binolar qulab tushgan.

Meksika Milliy seysmologik xizmat ma'lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Morelos shtatidagi Ashochiapan shahridan 12 km masofada joylashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid