Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh vizani qayta rasmiylashtirish qoidalarini kuchaytirdi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Qo‘shma Shtatlarga borish maqsadlariga amalga qilmayotgan shaxslarga vizani takroriy berish qoidalari kuchaytirilgani haqidagi farmoyishni imzoladi.
Bu haqda The New York Times nashri AQSh elchixonalari va konsulliklariga yuborilgan xatga asosan xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, viza bo‘yicha murojaat qiluvchi kishilar hech bo‘lmasa 90 kun ichida avvaldan ma'lum qilingan tashrif maqsadiga rioya etishlari kerak. Agarda, bu muddat ichida ular qoidani buzishsa va viza olish jarayonida konsullik xodimiga aytilmagan qandaydir ishni qilishsa, bu suhbatdan o‘tish jarayonida yolg‘on ma'lumot berish, deb hisoblanadi.
Xususan, qoidabuzarlik holatiga AQSh fuqaroligiga ega inson bilan nikohni rasmiylashtirish, va o‘quv muassasasiga o‘qishga kirish kabilar kiradi.
«Agarda, kimdir AQShga sayyoh sifatida kelib, 90 kun ichida kimnidir sevib qolsa va oila quradigan bo‘lsa, keyin esa doimiy yashash uchun huquq taqdim etishni so‘rab murojaat yuborsa, bunday iltimos rad etiladi», - deya nashrga aniqlik kiritdi muhojirlik muammolari bo‘yicha amerikalik yuristlar Assotsiatsiyasi direktori o‘rinbosari Dayana Rish.
Mavzuga oid
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
22:15 / 19.02.2026
O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxonalar qurishga tayyor – Shavkat Mirziyoyev
18:49 / 19.02.2026