Jahon | 21:40 / 20.09.2017
8924
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidenti Tramp bilan uchrashadi

Foto:aa.com.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida 22 sentabrda Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Lotte New York Palace mehmonxonasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvdan keyin Erdo‘g‘an va Tramp qo‘shma bayonot bilan chiqishadi.

Bundan tashqari, ikki davlat delegatsiyalari ishtirokida ham uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tomonlar Erdo‘g‘an qo‘riqlash xizmatiga AQSh qurolining yetkazib berilishiga taqiqlovni muhokama qiladilar.

Jumladan, Erdo‘g‘an FeTO boshlig‘i Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishi masalasini ko‘taradi.

Ta'kidlash joizki, BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi doirasida Erdo‘g‘an ko‘plab davlatlarning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid