Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beparvo ota
Farzand – ulug‘ ne'mat. Avlodlar davomchisi, shajara, naslu nasabning uzilmas rishtasi bo‘lmish o‘g‘il-qizlarning taqdiri uchun avvalo, ota-ona mas'ul. Shu bois turmush qurgan er-xotin tug‘ilgan dilbandini mehr bilan ulg‘aytirishi, uning orzu-o‘ylari, kelajagi haqida qayg‘urishi shart. Bu mulohazalar ma'nan sog‘lom oilalar uchun uqtirish shart bo‘lmagan tabiiy hayot ehtiyojidir.
“Huquq” gazetasining yozishicha, ba'zi kimsalar farzand oldidagi burchi, otalik mas'uliyatini osonlik bilan unutadi. O‘zidan boshqaning tashvishi bilan ishi bo‘lmaydi. Kogon tumanidagi Xo‘chkab qishlog‘ida yashovchi fuqaro Alimardon Komilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i Zamira Xoliqova bilan o‘rtalaridagi nikohdan 2009 yilda tug‘ilgan farzandining moddiy ta'minoti uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi buyrug‘iga asosan har oylik ish haqidan aliment to‘lashi kerak edi.
Afsuski, beparvo ota 2015 yilning yanvar oyidan 2016 yil noyabr oyiga qadar moddiy yordamga muhtoj, voyaga yetmagan o‘g‘li uchun aliment pullarini to‘lamay keldi.
Umumiy hisobda 5 million 123 ming so‘m miqdordagi alimentni qasddan to‘lamagan A.Komilov O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026
Aliment qarzi bor shaxslarga ayrim bitim va xizmatlar cheklanadi
09:38 / 01.04.2026
Aliment qarzi borlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi
11:19 / 27.03.2026